O‘zA O`zbek

14.09.2018 12:47 Chop etish versiyasi

30 yoshdan oshganlar yosh hisoblanmaydi. Nega?

30 yoshdan oshganlar yosh hisoblanmaydi. Nega?

Unda 30 dan oshib hali 40 yoshni qoralamaganlar qaysi safga kiradi?

Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunida yoshlar (yosh fuqarolar) — 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar etib belgilangan.

Poytaxtimizdagi Yoshlar markazida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Qonun ustuvorligi yoshlar nigohida” deb nomlangan seminarda yoshlarning bu boradagi fikrlari, qarashlari, takliflari muhokama etiladi.

Xoʻsh, 30 dan oshib hali 40 yoshni qoralamaganlar qaysi safga kiradi?

Ayni oʻzi erkin fikr bildira oladigan, bir kasb-korni mustahkam egallagan, oila tebratib, farzand tarbiyalayotgan, jamiyatda oʻz soʻzini aytishi mumkin boʻlgan ushbu oraliq yoshidagilar qanday ataladi?

Yosh oila – er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) hisoblanadimi?

Tadbir davomida ayni masalalar muhokama etiladi. Shuningdek, 1991-yil 20-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi va 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunlarga yoshlar oʻz takliflarini beradi.

Barno Meliqulova, OʻzA
1 445