![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yosh huquqshunoslar tanloviO‘zA, Nazokat Usmonova, 27.01.2012 18:48 Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni mamlakat kelajagi uchun daxldorlik ruhida tarbiyalash masalasiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan “Balli, huquqshunoslar – 2012” respublika ko‘rik-tanlovi ham ushbu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Tanlovda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining huquqshunoslik fakultetlari, yurisprudensiya sohasiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim dargohlarining jamoalari o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari Q.Tog‘ayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish jarayonida ularning huquqiy bilimini yanada oshirish, huquqiy ta’limni davr talabi asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 1997 yil 25 iyunda qabul qilingan “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmoni, 2001 yil 4 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu yo‘nalishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, sud-huquq tizimidagi ulkan yangilanishlar, milliy qonunchiligimizning jahon huquqiy amaliyotiga hamohangligini targ‘ib etish yuzasidan ko‘plab loyihalar, ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazib kelmoqda. Mazkur an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, yurisprudensiya sohasida izlanayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishdan iboratdir. Ko‘rik-tanlov jarayonida ishtirokchilarning Prezidentimiz asarlari va ma’ruzalari, farmon va qarorlar, Bosh qomusimiz, davlat dasturlari, xalqaro huquqiy hujjatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohalardagi islohotlarning ahamiyatini nechog‘lik teran idrok etishiga asosiy e’tibor qaratildi. Toshkent davlat yuridik institutining “Adolat” jamoasi bosh sovringa loyiq topildi. Birinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universitetining “Sarbon” jamoasiga berildi. Ikkinchi o‘ringa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Atlant”, uchinchi o‘ringa esa Namangan davlat universitetining “Vodiy gavhari” jamoasi sazovor bo‘ldi. So‘nggi yangiliklar: Sud-huquq islohotlari – mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonining tarkibiy qismi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |