![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Xalqaro talablarga mos aerovokzalO‘zA, E. Yodgorov , 27.01.2012 16:07
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, aeroportlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda. Buni xalqaro maqomga ega “Buxoro” aeroporti misolida ham ko‘rish mumkin. Bu yerda o‘tgan yillar davomida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Uchish-qo‘nish yo‘laklari mukammal ta’mirlandi, yangi perronlar qurildi. Aeroport moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, parvozlar xavfsizligini ta’minlash, yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ish sifati va samaradorligi ortdi, mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar ko‘paydi. Bunga Sankt-Peterburg – Buxoro – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnov yo‘lga qo‘yilgani ham yaqqol misol bo‘la oladi. – Aeroportimiz milliy aviakompaniyamizning bir bo‘g‘ini, – deydi “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori Tohir Baxronov. – U “Boing-757”, “Boing-767”, “A-320”, “IL-114-100”, “Rj-85” kabi eng zamonaviy samolyotlarni bemalol qabul qilib, kuzatmoqda. Ularga texnik, yo‘lovchilarga yuqori darajali servis xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda ishchi va mutaxassislarimiz kasb mahorati hamda malakasini oshirishga alohida e’tibor berilayotgani, xodimlar orasida yuqori malakali kadrlar ko‘payib borayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Moddiy-texnik bazasining mustahkamligi, ulardan samarali foydalanish, mamlakat ichki va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar soni oshishi tufayli aviakorxonaning iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlari ham yil sayin yaxshilanmoqda. 2011 yilda aeroport qariyb 102 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu 2010 yilga nisbatan 107 foizga ko‘pdir. “Buxoro” aeroporti bugun o‘zining yuksak salohiyati bilan xalqaro miqyosda e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. U 2008 va 2010 yillarda Xalqaro fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda “MDH bo‘yicha yilning eng yaxshi aeroporti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib chiqdi. 2009 yili esa shu tanlovda barqaror rivojlanayotgan aeroport sifatida taqdirlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 21 dekabrda qabul qilingan “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Buxoro” xalqaro aeroporti uchun qurilgan eng zamonaviy aerovokzal – terminal o‘tgan yili foydalanishga topshirildi. U oldingisiga nisbatan salkam uch baravar ko‘p – soatiga 400 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Yangi inshootda xalqaro talablarga mos barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. So‘nggi yangiliklar: Sud-huquq islohotlari – mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonining tarkibiy qismi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |