Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.02.2018 09:53 Chop etish versiyasi

2018-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha maosh miqdori 3 million so‘mni tashkil etadi

2018-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha maosh miqdori 3 million so‘mni tashkil etadi O‘tgan yilda poytaxtda o‘rtacha oylik maosh miqdori 2 million 818 ming so‘mni, o‘rtacha oylik pensiya esa 692 ming so‘mni tashkil etgan. Bu haqda 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018-yil reja ko‘rsatkichlarida keltirilgan.

Dastlabki prognozlarga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha oylik maosh 3 million 96 ming so‘mga yetkaziladi, o‘rtacha pensiyalar miqdori 805 ming so‘mdan oshadi.

Hujjatda qayd etilishicha, oylik maoshlari hajmi 2012-yildan beri uch barobar, pensiyalar ikki baravarga oshgan.

O‘zA
5 793