Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.02.2018 09:56 Chop etish versiyasi

2018-yilda O‘zbekistonda 2 ming 300 nafar nogiron fuqaro kasanachilik asosida ishga jalb etiladi

2017-yilda O‘zbekistonda birinchi marta “O‘zpaxtasanoat” hamd “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlash, kerakli barcha material va xom ashyolarni yetkazib berish, ish haqini to‘lash tizimi tashkil etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘tgan yilda kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan 972 nafar ayolga kasanachilik asosida tikuv mashinalari ajratildi. Ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar uchun 2 milliard 400 million so‘mdan ortiq ish haqi to‘lab berildi.

2017-yilda, shuningdek, uy-joyga muhtoj 1 ming 207 nogiron fuqaroga arzon uy-joy ajratilib, uzoq muddatli ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovlari uchun 23 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

2018-yilda “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1000 nafar, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 300 nafar, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 300 nafar, “O‘zdonmahsulot” AJ tomonidan 200 nafar, “O‘zto‘qimachiliksanoat” AJ tomonidan 200 nafar hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 300 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar kasanachilik asosida ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zA
2 800