Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 10:06 Chop etish versiyasi

2018-yilda O‘zbekistonda 150 ming tonna baliq yetishtiriladi

2018-yilda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident Qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorda ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar faoliyat yuritmoqda.

Baliqchilikni ilmiy asoslangan tarzda tashkil etish, inkubatsiya sexlari va baliq boqish joylarini qurish, mavjud suv havzalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish baliqchilik sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.

2018-yilga baliq yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, joriy yilda 150 ming tonna baliq yetishtirilishi rejalashtirilmoqda.

Qaror bilan 2020-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga baliq kombikormini olib kirishda bojxona to‘lovlari bekor qilinadi.

O‘zA
3 395