Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 16:02 Chop etish versiyasi

17 mingga yaqin o‘quvchi miriqib dam oldi

Navoiyda bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining anjumani bo‘lib o‘tdi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy bilim olishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yoz mavsumida viloyatda 37 sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 17 mingga yaqin o‘quvchi mazmunli dam oldirildi. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Oftobjon” sog‘lomlashtirish maskanida tashkil etilgan harbiy-sport oromgohida 100 dan ziyod tarbiyasi og‘ir bolalar hordiq chiqardi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 94 nafar farzandi bepul oromgohlarga jalb etildi.

Anjumanda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini ko‘tarinkilik va uyushqoqlik bilan o‘tkazishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh faol tashkilotchilar taqdirlandi. “Eng g‘amxo‘r tarbiyachi”, “Eng yaxshi sport murabbiyi”, “Eng yaxshi tibbiyot xodimi”, “Eng faol favqulodda vaziyatlar xodimi”, “Eng namunali oromgoh” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 185






Все о погоде - Pogoda.uz