![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Iqtidorli yoshlar tanloviO'zA, G'.Xasanov, 09.09.2010 17:52
“Kelajak ovozi-2010” respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi, ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimizning yoshlarga oid siyosati, amalga oshirilayotgan bir qator dasturlarda hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni kamol toptirish ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli yurtimiz yoshlari xalqaro tanlov va fan olimpiadalari, sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlov ham iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yigit-qizlarning turli loyiha va tashabbuslarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tanlov tashkil etilganidan buyon ellik nafarga yaqin samarqandlik yoshlar mamlakat bosqichida g‘oliblikni egallashdi, ularning loyihalari turli sohalarda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Joriy yilda tanlovning viloyat bosqichida ikki yuzdan ziyod yosh iqtidor sohiblari arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari va ratsionalizatorlik takliflari, texnik loyihalar, ishlanmalar, an’anaviy va amaliy san’at, adabiyot va publitsistika nominatsiyalari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini namoyon etdi. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. – Tanlovda axborot texnologiyalari va ratsionalizatorlik takliflari, texnik loyihalar, ishlanmalar nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etdim, – deydi tanlov g‘oliblaridan biri, Samarqand tibbiyot instituti talabasi Hasan Ibrohimov. – Men taqdim etgan loyiha mobil aloqa vositasi va radioto‘lqinli moslamadan iborat bo‘lib, u imkoniyati cheklangan insonlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi. Bu vositalar yordamida ko‘ngilsiz voqeaga uchragan nogiron, bemor kishini topish yoki tez yordamga xabar qilish mumkin. Tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi. Unda Samarqand shahridagi ikki yuzdan ziyod korxona, tashkilotlar uch mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi. Shu kuni 700 nafardan ziyod yoshlarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |