![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Kamalak” bolalarni chorlaydiO‘zA, N.Usmonova, 09.09.2010 16:03 Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. O‘g‘il-qizlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaqindan ko‘maklashishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kamalak” bolalar tashkiloti muhim o‘rin tutadi. O‘n yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan ikki yarim million nafardan ziyod o‘g‘il-qizni o‘z atrofida birlashtirgan ushbu tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan turli ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va unumli tashkil etish, yosh avlod qalbi va ongini milliy qadriyatlarimizga yot g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotir. Shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni mazkur tashkilotga a’zolikka qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtimizning Mustaqillik maydonida mazkur tashkilotga a’zolikka qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga shaharning barcha tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘qituvchilar va faol yoshlar taklif etildi. “Kamalak” bolalar tashkilotiga yangi a’zo bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga, uning saodatli ne’matlarini asrab-avaylashga, qadriga yetishga, barkamol avlod istiqboli yo‘lida yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarga munosib farzandlar bo‘lishga tantanali qasamyod qildilar. Tadbir ishtirokchilari hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo‘ydilar. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |