Jamiyat

Jurnalistlar uchun axborot-kutubxona markazi

O‘zA, N.Usmonova, 09.09.2010 13:31

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy matbuotni izchil ravnaq toptirish, zamon talabiga mos jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning samarali mehnat qilishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalist kadrlarning kasb salohiyatini yuksaltirishda zamonaviy axborot-kutubxona markazlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan axborot-kutubxona markazi ham ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.

Markazda jurnalistlar ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarga oid milliy qonunchilik, huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, eng so‘nggi axborot va yangiliklardan boxabar bo‘lishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Ayni paytda bu yerda jurnalistikaga doir yuzdan ziyod elektron qo‘llanmalar tayyorlanib, zarur o‘quv manbalarining elektron katalogi va nusxasini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama