Jamiyat

Ezgulik va saxovat tantanasi

O‘zA, M.Sulaymonov, 09.09.2010 12:26

Ramazon hayiti Farg‘ona viloyatida ham katta bayram sifatida keng nishonlanmoqda.

Mustaqillik bizga nafaqat ona tilimizni, milliy qadriyatlar va urf-odatlarimizni, balki dinimizni ham qaytarib berdi. E’tiqod erkinligiga erishgan vatandoshlarimiz muqaddas dinimiz biz uchun iymon, diyonat, ma’rifat manbai ekanini yuksak qadrlaydi.

– Ulug‘ ayyom kunlarida ota-onalarimiz, oilamiz, qavmu qarindoshlarimizga nisbatan yanada mehr-oqibatli va muruvvatli bo‘lishimizning, bemorlar va ehtiyojmand kishilarni yo‘qlashimizning savobi katta, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Topvoldi Xoldorov. – Bu kunlarda gina-kuduratlarni unutish, tabarruk yoshli otaxon va onaxonlarni ziyorat qilib, duosini olish, qutlug‘ ayyom arafasida hasharlar uyushtirish xalqimizning azaliy udumlaridandir. Bayram munosabati bilan qabristonlar, ziyoratgohlar obod qilindi, mahalla va ko‘chalarimizga o‘zgacha fayz kirdi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, “Tadbirkor ayollar” uyushmasi vakillari O‘zbekiston tumanidagi “Muruvvat uyi”da istiqomat qilayotgan nogironlar holidan xabar oldilar, ularga hayitlik – sovg‘a-salomlar tarqatdilar. Shuningdek, Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlaridagi Mehribonlik va Saxovat uylarida ham ana shunday xayriya tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limining faol yoshlari esa mehnat faxriylari, nuroniy keksalar xonadonlarida bo‘lib, bayram bilan muborakbod etish barobarida ularga uy yumushlarida ko‘maklashmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama