Jamiyat

Yosh iste’dodlarga g‘amxo‘rlik

O‘zA, L.Suvonov, 09.09.2010 11:58

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida yoshlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, boshlang‘ich musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish belgilangan.

Barkamol avlodni tarbiyalashda o‘quvchilar ma’naviyati, badiiy didini yuksaltirish, musiqa ta’limi tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar musiqa va san’at maktablarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

Bu borada Toshkent viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangiyo‘l shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22-bolalar musiqa va san’at maktabi kapital rekonstruksiya qilindi. Bu yerda 12 yo‘nalish bo‘yicha 260 o‘quvchi musiqa va tasviriy san’at sirlarini o‘rganmoqda. Ularga 36 nafar tajribali ustoz va pedagoglar ta’lim-tarbiya berayotir.

Yangi o‘quv yilidan boshlab bu yerda mashg‘ulotlar takomillashtirilgan o‘quv dasturi asosida o‘tilayotir. Bolalarning mustahkam va puxta bilim olishi uchun qo‘shimcha dars soatlari ajratildi. 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tahsil oladigan ushbu maktabda fortepiano, skripka, o‘zbek xalq cholg‘u asboblari, tasviriy san’at, xoreografiya, zardo‘zlik, haykaltaroshlik kabi bir qator bo‘limlar faoliyat ko‘rsatayotir.

– Maktabimiz yangicha qiyofa kasb etib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, – deydi maktab direktori Mutalib Karimov. – O‘quv maskanimiz milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari, o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi. Mavjud sinfxonalar va konsert zali rekonstruksiya qilinib, yana qo‘shimcha o‘quv xonalari barpo etildi. Bu imkoniyatlar o‘quvchilarimiz orasidan ko‘plab iste’dod egalari yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama