![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Muruvvat va hamjihatlik bayramiO‘zA, G‘.Hasanov, 08.09.2010 20:05 Prezidentimizning 2010 yil 7 sentabr kuni qabul qilingan “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, xalqimiz ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadigan muborak Ramazon hayiti yurtimizda katta bayram sifatida keng nishonlanadi. Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovatpeshalik, o‘zaro yordam singari fazilatlarni o‘zida mujassam etgan Ramazon hayitini ezgu amallar bilan kutib olayotgan yurtdoshlarimiz bunday xayrli ishlarni yanada ko‘paytirmoqdalar. Ramazon hayiti munosabati bilan Samarqand viloyatining shahar va qishloqlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotir, ko‘chalar va ariqlar, masjidlar, muqaddas qadamjolar, qabristonlar va ularning atrofi tartibga keltirilmoqda. Yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. – Tumanimizdagi 64 mahallada bayram oldidan obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Mahalla” jamg‘armasi Payariq tumani bo‘limi raisi Saydulla Boyzoqov. – Barcha qishloq va mahallalarda hashar uyushtirilib, qabriston va ziyoratgohlar tozalanmoqda. Ayniqsa, Xo‘ja Ismoil qishlog‘idagi muqaddas qadamjo – Imom Buxoriy majmuasi va uning atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Majmuaga boradigan yo‘l atrofidagi daraxtlarga shakl berilib, ko‘kalamzor maydonlar tartibga keltirilmoqda. Islom olamining muqaddas ziyoratgohlaridan sanalgan mazkur majmuaga hayit namozini o‘qish uchun nafaqat yurtimizning turli hududlaridan, balki xorijiy mamlakatlardan ham musulmonlar kelishadi. Ularga munosib shart-sharoit yaratish, yuqori sifatli servis xizmati ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Hayit kuni Samarqand shahridan mazkur majmuaga fuqarolarni kelib-ketishlari uchun qo‘shimcha avtobuslar qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Yurtdoshlarimiz bayramni tinch va osoyishta o‘tkazishi, ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etishi uchun tegishli idora va tashkilotlar tomonidan barcha texnik va xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Bayram kunlarida tumanimizda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironlar holidan xabar olish, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram sovg‘alari ulashish rejalashtirilgan. “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limlari tomonidan bayram kunlari faol yoshlar har bir mahalladagi yolg‘iz keksalar, urush va mehnat faxriylari xonadoniga borib, ularni bayram bilan tabriklashadi, uy yumushlarida ko‘maklashishadi. Shuningdek, joylarda “Nuroniylar mehri – barkamol avlodga” shiori ostida ikki avlod uchrashuvlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |