Jamiyat

Sobiq askarlar – talabalar safida

O‘zA, X.Salimov, 07.09.2010 17:43

Mamlakatimizda yoshlarni, jumladan, muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qish va ishga kirishda qator imtiyozlarga ega sobiq askarlar berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, hayotda o‘zining munosib o‘rnini topayotir.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan ma’lum qilishlaricha, bu yil ikki yuz nafarga yaqin yigit Prezidentimizning 2005 yil 31 oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq berilgan imtiyoz asosida mazkur oliy ta’lim muassasasi talabalari safiga qo‘shildi.

Surxondaryolik Elnur Norpo‘latov – ularning biri.

– Mazkur universitetning jismoniy madaniyat va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetida o‘qishni boshladim, – deydi E.Norpo‘latov. – Endi bu yerda o‘z bilim va malakamni yanada boyitishga, biz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikni oqlash hamda tanlagan sohamning yetuk mutaxassisi bo‘lishga astoydil harakat qilaman.

Ayni paytda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yetti yuz nafardan ortiq yigit ta’lim olmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama