Jamiyat

Qishloqda zamonaviy kollejlar

O‘zA, G‘.Hasanov, 07.09.2010 13:11

Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi Ulus qishlog‘ida 615 o‘rinli iqtisodiyot va servis hamda Qo‘shrabot tumanining Urganji qishlog‘ida 435 o‘rinli maishiy xizmat kollejlari foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini hisoblangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida bunyod etilgan zamonaviy akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchi-yoshlar puxta bilim olish barobarida o‘zlari tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganmoqda.

– Kollejimizda yoqilg‘i quyish shoxobchalariga xizmat ko‘rsatish texnigi, kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash va sozlash bo‘yicha texnik, maishiy xizmat mashinalarini ta’mirlovchi kabi olti yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi, – deydi Qo‘shrabot maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktori vazifasini bajaruvchi Qaytar Unaboyev. – Zarur o‘quv va texnik vositalar bilan ta’minlangan sinfxonalar, laboratoriya va amaliyot xonalari, axborot-resurs markazi, sport zali va maydonchalari o‘quvchilar ixtiyoriga berilgan.

Yangi kollejga joriy o‘quv yilida 150 nafar yigit-qiz qabul qilindi. Shuningdek, 270 nafar yoshlar Nurobod iqtisodiyot va servis kollejining ilk o‘quvchilari bo‘ldi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama