![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Tibbiyot muassasalari yangi binodaO‘zA, A.Muhammadiyev, 07.09.2010 11:30 Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani tug‘ruqxona kompleksining yangi binosi foydalanishga topshirildi. “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasi homiyligida barpo etilgan mazkur kompleksda homilador ayollar, chaqaloqlar, jarrohlik, reanimatsiya hamda patologik kasalliklarni davolash bo‘limlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. – Tug‘ruqxona kompleksi uchun yangi bino qurilishi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning amaldagi yorqin namunasi bo‘ldi, – deydi G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Abdurashid Xo‘jamurodov. – Bu yerda jarrohlik amaliyoti, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni dastlabki tibbiy muolaja qilish va boshqa tibbiy xizmatlarni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoit mavjud. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazining ham yangi binosi ishga tushirildi. Bu esa OITSga chalingan bemorlarni davolash, ularga tibbiy va huquqiy maslahatlar berish, ushbu xastalikning oldini olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Markaz bosh vrachi Dilfuza Turopovaning ta’kidlashicha, zamonaviy binoda epidemiologiya monitoringi, metodik profilaktika ishlarini tashkillashtirish, laboratoriya kompleksi, poliklinika bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu bo‘limlar zamonaviy tibbiy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlandi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |