Jamiyat

Yosh olimlar uchun yangi uy-joylar

O‘zA, S.Shoyeva, 03.09.2010 20:42

Vatanimiz mustaqilligining 19 yillik shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda Toshkent viloyatida O‘zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti yosh olimlari uchun “Yosh olimlar uyi” foydalanishga topshirildi.

Yangi xonadonlarni o‘z egalariga topshirishga bag‘ishlangan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2007 yil 18 mayda qabul qilingan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida bunyod etilgan “Yosh olimlar uyi”da 10 nafar yosh oila doimiy turar-joy, mebel jihozlari va ro‘zg‘or anjomlari bilan ta’minlandi.

– Bugun oilamiz uchun quvonchli kun, – deydi institut ilmiy xodimi Maqsadbek Hayitov. – Ikki xonali uyga ega bo‘ldik. Biz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz. Oilamiz tinch, ro‘zg‘orimiz but bo‘lgach, ilmiy izlanishlarimizning samaradorligi ham yanada oshadi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama