![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Ekologiya va yoshlarO‘zA, G.Sattorova, 03.09.2010 17:26 Poytaxtimizda O‘zbekiston Ekologik harakati Yoshlar qanotining respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar, Ekoharakatning yosh faollari ishtirok etdi. O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi raisi Boriy Alixonov mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan olib borilayotgan keng qamrovli ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Bunda yoshlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Inson va tabiat munosabatlari” mavzuidagi davra suhbati, “Onajonim tabiat” insholar tanlovi, “Chimyon sadosi” festivali kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Shuningdek, yoshlarni kashandalik, ichkilikbozlik va giyohvandlik singari salbiy illatlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” forumi yigit-qizlarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Ekologik harakatining Yoshlar qanoti navqiron avlodning intellektual, ijodiy va ilmiy salohiyatidan unumli foydalanib, sohadagi targ‘ibot ishlariga ularni keng jalb qilishga munosib hissa qo‘shmoqda. Konferensiyada Ekoharakat Yoshlar qanotining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi. – Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik holatni sog‘lomlashtirish ishlariga yoshlarni keng jalb etish – davr talabi, – deydi O‘zbekiston Ekologik harakati Yoshlar qanoti yetakchisi Avaz Xudoyberdiyev. – Shu bois kelgusida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengayadi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |