![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yoshlarga fuqarolik pasportlari topshirildiO'zA, A.Sattorov, 03.09.2010 16:16 Namangan shahri markazidagi “Tinchlik stellasi” poyida o’n olti yoshga to’lgan bir guruh yigit-qizlarga O’zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini topshirishga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Barkamol avlod yili Namangan viloyati yoshlari hayotida unutilmas voqealarga boy bo’lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning o’tgan yili viloyatga tashrifidan so’ng amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol ulg’ayishiga xizmat qiladigan ko’plab ijtimoiy ob’ektlar barpo etilayotgani buning yorqin tasdig’idir. “Yoshlar markazi”ning qurib bitkazilishi, viloyat axborot-resurs kutubxonasining rekonstruksiya qilinishi, yangi barpo etilayotgan “Kamolot” yoshlar bog’i, stadion va suzish havzasi, shuningdek, ko’plab sport turlari bilan shug’ullanish imkoni yaratilgan “Yoshlar sport majmuasi” va boshqa bir qator kollej, maktab hamda sport inshootlari Barkamol avlod yilida namanganlik yoshlarga munosib tuhfa bo’ldi. Bu, albatta, yoshlar oldiga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda ona Vatan, xalq manfaati yo’lida kamarbasta insonlar bo’lib yetishishdek mas’uliyatli vazifani qo’yadi. Tadbirda viloyat ichki ishlar, adliya, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, kasaba uyushmalari viloyat kengashlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg’armalari viloyat bo’limlari vakillari ishtirokida 120 nafar o’g’il-qizga fuqarolik pasportlari topshirildi. – Pasportim – iftixorim, – deydi Namangan tumanidagi iqtisodiyot kollejining birinchi bosqich o’quvchisi Madina Sobirova. – Chunki pasport shu muqaddas Vatanning fuqarosi ekanligimdan shahodat beruvchi, ona yurtimdagi mustaqil va erkin hayotimning kafolatidir. Shu kuni viloyatning barcha tumanlarida yoshlarga fuqarolik pasportlarini tantanali topshirish marosimlari bo’lib o’tdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so’zga chiqdi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |