![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Harbiylarning uy to‘ylariO‘zA, X.Salimov, 02.09.2010 16:22 Chirchiq garnizoni harbiy qism va muassasalarida xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga yangi uylarning kalitlari topshirildi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida aholini, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish samaradorligini oshirish, zamonaviy loyihalar asosida harbiy shaharchalar barpo etish va rekonstruksiya qilish, bunday turar-joylarda yuksak talablarga hamda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ehtiyojlariga javob beradigan qulay ijtimoiy-maishiy sharoit va infratuzilmani yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Harbiy xizmatchilarning yashash shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar samarasida ko‘plab harbiylar o‘z turar-joyiga ega bo‘lmoqda. O‘tgan yillar mobaynida joylarda ko‘plab harbiy xizmatchilarga yangi uylarning kalitlari topshirilgani bunga misoldir. Vatan himoyachilarini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturi doirasida yurtimizda zamonaviy qurilish materiallaridan foydalangan holda, uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom etmoqda. “Ulkanqurilishmaxsusservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan Chirchiq garnizoni hududida barpo etilgan 32 xonadonga mo‘ljallangan turar-joy binosini foydalanishga topshirish marosimida bu alohida ta’kidlandi. Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va ularning oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda elu yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘lami tobora kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. Uy bilan ta’minlanganlar orasida ayni paytda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida xizmat qilayotgan ofitser Shohruh Pirmatov ham bor.– Mustaqillik bayrami shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda o‘z uyimizga ega bo‘lganimizdan oilamiz juda xursand, – deydi SH.Pirmatov. – Prezidentimiz tomonidan biz, harbiylarga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik kuchimizga-kuch, g‘ayratimizga-g‘ayrat qo‘shadi. Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, sport maydonchasi, maktab va shifoxonaga yaqin joyda qurilgan yangi uyda harbiylarning oila a’zolari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |