Jamiyat

Yangi o‘quv yili – yangi maktabda

O‘zA, A.Muhammadiyev, 02.09.2010 15:38

Mustaqilligimizning 19 yilligi shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda G‘uzor tumani S.Rahimov nomidagi mahalla yoshlari yangi o‘quv yilini yangi maktabda boshladi.

Tumandagi “XXI asr” xususiy qurilish korxonasi tomonidan bunyod etilgan ikki qavatli zamonaviy o‘quv muassasasida fizika, kimyo darslarini laboratoriya sharoitida amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tish, shuningdek, tasviriy san’at, chizmachilik, mehnat darslarini maxsus xonalarda ta’lim standartlari darajasida olib borish uchun barcha sharoit yaratildi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha 2010-2011 o‘quv yilida G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi oltita maktabda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda “Sho‘rtangaz” unitar sho‘ba korxonasi homiyligida qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borildi. Shu bilan birga, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan sakkiz maktabda sport zallari, Qarshi shahrida zamonaviy tipdagi musiqa va san’at maktabi barpo etilmoqda. Qarshi va Yakkabog‘ tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan musiqa va san’at maktablari esa kapital rekonstruksiya qilinmoqda. Viloyat bo‘yicha 104 maktab yangi o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi, 62 maktabga kompyuterlar to‘plami keltirildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama