![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Vatanga sodiqlik qasamyodiO‘zA, X.Salimov, 02.09.2010 15:29 Poytaxtimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan “Vatanga qasamyod” haykali poyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti birinchi kurs kursantlarining qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’ana tusini olgan ushbu tadbir har yili 1 sentabr – eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kunida o‘tkazilishida teran ma’no bor. Har tomonlama shakllangan, yuksalgan milliy armiyamiz bugun o‘g‘lonlarimizning o‘z Vatanida harbiy xizmatni o‘tashiyu, harbiy bilim yurtida o‘qishi ham istiqlolimiz sharofati, mustaqilligimiz bergan ulkan imkoniyatlar samarasidir. Tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari, kursantlarning ota-onalari ishtirok etgan mazkur tadbirda O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari T.Hamroqulov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori N.Mo‘minov, “Mahalla” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari R.Sheraliyev, kursant onasi O.Rahmonova va boshqalar mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotgani, harbiy qism va bilim yurtlarida yoshlarimizning puxta bilim olishi, xizmat qilishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2005 yil 19 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi farmoyishi Qurolli Kuchlarimizni intellektual salohiyati yuqori, vatanparvar, yetuk ofitser kadrlar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu hujjatga asosan oliy harbiy bilim yurtlarida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, harbiy kasb nufuzini yuksaltirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqish va intilishi oshmoqda. Qurolli Kuchlarimiz mard va jasur, fidoyi, Vatan himoyasi uchun doimo shay tura oladigan kadrlar bilan to‘ldirilmoqda. Bunda mamlakatimizdagi yetakchi oliy harbiy ta’lim maskanlari, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining ham munosib hissasi bor. Asosan harbiy aloqachilar tayyorlanadigan mazkur bilim dargohida joriy yil o‘qishga qabul qilinib, bugun xalqimizga, Prezidentimizga sodiq bo‘lishga ont ichgan bo‘lg‘usi ofitserlarning kelgusida yetuk professional kadrlar bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoit muhayyo etilgan. Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan, istiqlolimiz tengdoshi Nozimjon Mamajonov bolaligidan harbiy sohaga qiziqadi. O‘qituvchilar oilasida o‘sib-ulg‘aygan bu yigit Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti kursanti degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. – Endigi maqsadim bor kuch-g‘ayratim, aql-zakovatimni ishga solib, barcha imkoniyatlardan to‘la foydalanib, namunali ofitser – malakali kadr bo‘lishdan iboratdir, – deydi N.Mamajonov. Kursantlarning harbiy qasamyod qilishga bag‘ishlangan bunday tantanali tadbirlar mamlakatimizdagi boshqa harbiy bilim yurtlarida ham bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |