![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Birinchi qo‘ng‘iroq yangradiO‘zA, D.Esonova, 02.09.2010 13:31 Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida ham 2 sentabr kuni birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. O‘quv yili Mustaqillik darsi bilan boshlandi. – Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida o‘tgan yillarda viloyatimizda yangidan qurish, kapital rekonstruksiya va joriy ta’mirlash yo‘li bilan 281 maktab foydalanishga topshirildi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosir Egamberdiyev. – Jumladan, viloyatning eng chekka hududlari – Boyovut va Sardoba tumanlarida yangi maktablar bunyod etildi. Ushbu dargohlarda yoshlarning zamonaviy talablar asosida ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Sinfxonalar, o‘quv-laboratoriya xonalari zarur asbob-uskunalar, o‘quv qurollari, eng so‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan ta’minlangan. Joriy yilda viloyatda ikkita bolalar musiqa va san’at maktabi, uchta ilm dargohining sport zali tubdan rekonstuksiya qilinib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Viloyatning olis qishloqlaridagi maktablarning barchasida o‘quvchilar sportning o‘ndan ziyod turi bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |