![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Ta’lim uzluksizligi – muhim masalaO‘zA, X.Mamatrayimov, 02.09.2010 13:21 Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda. Zamonaviy usulda barpo etilgan maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda yoshlarning chuqur bilim olishi, o‘z salohiyatini keng namoyon etishi hamda kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yil Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarining 9-sinfini 50 ming 69 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 48 ming 373 nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yo‘llanma oldi. 1 ming 696 yigit-qiz umumta’lim maktablarida tashkil etilgan o‘ninchi sinfda o‘qishni davom ettirmoqda. – Bitiruvchilarning qiziqish va kasb-hunarga moyilliklarini aniqlash maqsadida “Qiziqishlar anketasi”, “Kasb motivatsiyasi”, “Shaxs tipi va unga mos kasblarni aniqlash” kabi psixologik tashxis va metodika usullaridan keng foydalanildi, – deydi Surxondaryo viloyati tashxis markazi rahbari Rashid Xo‘jamqulov. – O‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilib, natijalar umumlashtirildi. Maktab bitiruvchilari uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quv muassasalarida kasblar festivali, “Ochiq eshiklar kuni”, “Mutaxassisliging – sening kelajaging” ko‘rgazmalari tashkil etildi. Viloyatda umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga to‘liq qamrab olish, malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning tahsildan so‘ng bandligini ta’minlash maqsadida 14 kollejning profilini o‘zgartirish yuzasidan aniq takliflar berildi. Ta’lim muassasalari, mahalla faollari, xotin-qizlar qo‘mitalari bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, ularning mustaqil kasb tanlashi uchun ko‘maklashildi. – Ushbu tadbirlar o‘z samarasini berdi, – deydi Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Pardaboy Oramiddinov. – Mavjud 117 mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchilarni kollejlar va litseylarga qamrab olish darajasi 98,4 foizni tashkil etdi. Tahlillarga ko‘ra, yoshlarimizda tibbiyot, pedagogika, bank, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sanoat yo‘nalishidagi o‘quv muassasalariga qiziqish ortib bormoqda. Bu yil ham ushbu yo‘nalishlardagi kasb-hunar kollejlariga qabul rejasiga nisbatan o‘rtacha 150-185 foiz ko‘p hujjat topshirildi. Viloyatda rejadan ortiqcha hujjat topshirilgan 18 akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilib, 9 ming 624 o‘quvchidan 4 ming 424 nafari saralab olindi. Tegishli ball to‘play olmagan yigit-qizlar ikkinchi tanlangan o‘quv muassasalarida uzluksiz ta’limni davom ettiradigan bo‘ldi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |