Jamiyat

Kursantlar qasamyod qabul qildi

O‘zA, N.Abduraimova, 02.09.2010 13:21

Yurtimizda mustaqillik bayrami tantanalari davom etayotgan shu kunlarda Vatanni va uning manfaatlarini muhofaza qilishni kasb sifatida tanlab, oliy harbiy o‘quv dargohlariga o‘qishga kirgan yoshlar xalqimizga, Vatanimizga, Prezidentimizga sodiqlik qasamyodini qabul qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida joriy yilda o‘qishga qabul qilingan tinglovchilarning harbiy va bojxonachi qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S.Nosirov, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy kengashi raisi E.Boqiboyev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning komil insonlar sifatida voyaga yetishishiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu oliy ta’lim dargohi ham ana shunday e’tibor samarasidir.

Mazkur institutda mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini muhofaza etadigan yetuk bojxonachi kadrlar tayyorlanadi. Bu oliy o‘quv dargohida ta’lim olayotgan yoshlar bojxona ishi va yurisprudensiya mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy bilimlarni chuqur egallashi, yuqori malaka va amaliy tajribaga ega bo‘lishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Ayni vaqtda institutdagi 11 kafedra, ixtisoslashgan o‘quv xonalari, kimyo va kriminalistika laboratoriyalari, amaliy mashg‘ulot maydonchalari, shuningdek, ikkita zamonaviy talabalar turar-joyi, kutubxona, sport majmuasi tinglovchilar ixtiyorida.

– Vatan sarhadlarining mustahkamligi yurt tinchligi, xalq xotirjamligi va farovonligining muhim omilidir, – deydi andijonlik Umidjon Muhamedov. – Bunda bojxonachilarning ham alohida o‘rni bor va bu bizga katta mas’uliyat yuklaydi. Shunday sharafli ishga hissa qo‘shish mening bolalikdan orzuim edi. Bugun qabul qilgan qasamyodimga binoan Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilaman.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar marosimga yanada fayz kiritdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Akbarova ishtirok etdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama