Jamiyat

Vatan mahalladan boshlanadi

O‘zA, 31.08.2010 23:46

Eng ulug, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz Mustaqilligi kuni arafasida poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Shodlik” mahallasida yangi guzarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Guzar binosida mahalla fuqarolar yig‘ini, xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari, majlislar zali joylashgan.

Mahalla qadimdan tarbiya, do‘stlik va hamjihatlik maskani bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda yangi ish o‘rinlarini yaratishda, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlashda, kam ta’minlangan oilalar va mehnat faxriylariga yordam ko‘rsatishda, yolg‘iz qariyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq manzilli tadbirlarni amalga oshirishda mahallaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishining noyob instituti bo‘lgan mahallani rivojlantirishga, uning nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi guzarning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida mahallaning rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishda mahallaning o‘rni va ahamiyati kuchaymoqda. Mahalla hayoti bilan bog‘liq qadriyatlar, urf-odat va an’analar tiklanmoqda, uning huquq va vakolatlari kengaymoqda.

– Mahallamizda 6,5 ming aholi istiqomat qiladi, – deydi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mirxalil Sodiqov. – Tinchlik, osoyishtalik va hamjihatlik aynan oiladan, mahalladan boshlanadi. Shuni e’tiborga olgan holda, biz oilalarda hamjihatlikni mustahkamlash, mahallamiz ahlining farovonligini oshirish va yoshlarni ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Sog‘lom va har tomonlama rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash maqsadida mahallada turli sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Yosh sportchilarimizning mahoratini oshirish uchun turli musobaqalar o‘tkazilmoqda. Hozirgi paytda mahallada aholini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, oilalarni mustahkamlash, shuningdek, hudud ozodaligini ta’minlash masalalari muvaffaqiyatli hal etilmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama