Jamiyat

Markazlar yangi binoda

O‘zA, M.Sulaymonov, 31.08.2010 17:22

Istiqlol bayrami arafasida Farg‘ona shahrida mintaqaviy qon quyish markazi foydalanishga topshirildi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar ko‘lami Farg‘ona viloyatida ham kengaymoqda. Bu borada izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar samarasida, tibbiy muassasalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, tibbiy xizmat sifati tobora yaxshilanmoqda.

Yangi bunyod etilgan mintaqaviy qon quyish markazi ham ana shu ishlarning uzviy davomidir. Eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan mazkur markazda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari aholisiga xizmat ko‘rsatiladi.

Bayram arafasida, shuningdek, viloyat OITSga qarshi kurashish markazining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama