![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yoshlarga bayram tuhfalariO‘zA, M.Sulaymonov, 31.08.2010 15:46 Eng ulug‘, eng aziz ayyom arafasida Marg‘ilon shahridagi 9-Bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. Bu yoshlar uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan kapital rekonstruksiya qilingan mazkur maktabda musiqa va san’at sirlarini o‘rganish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bu yerda yoshlar nafaqat milliy musiqa va san’at turlari, balki jahon san’atiga oid bilimini boyitishlari uchun ham keng imkoniyatlar mavjud. – Qo‘qon shahri va O‘zbekiston tumanida ikkita yangi sport majmuasi, Yozyovon va Uchko‘prik tumanlaridagi ikkita maktabda sport zallari qurilib, istiqlolimizning 19 yilligi munosabati bilan yoshlarimizga tuhfa qilinmoqda, – deydi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining viloyat filiali direktori Qahramon Sobirov. – Shuningdek, Qo‘qon shahrida ham yangi Bolalar musiqa va san’at maktabi bunyod etildi, uchta shunday maktab kapital rekonstruksiya qilindi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |