![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Shukronalik va g’urur hissi bilanO'zA, E.Yodgorov, 31.08.2010 11:34 Buxoro viloyati Vobkent tumanida poytaxtdan kelgan taniqli ilm-fan, adabiyot va san’at namoyandalaridan iborat ijodiy guruh a’zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. O’tgan o’n to’qqiz yil mobaynida mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlarning mohiyati va ahamiyatini, qadr-qimmatini teran idrok etish, ularni jamoatchilik o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida o’tkazilgan tadbirda Vobkent tumanida amalga oshirilgan ulkan o’zgarishlar xususida so’z yuritildi. Tumanda barpo etilgan o’nga yaqin sanoat korxonalari orasida xaridorgir mahsulotlarini eksport qilayotgan, iqtisodiy baquvvat sub’ektlar ko’p. Qishloqlar infratuzilmasi rivojlanib borayotgani yanada quvonarli. Panob aholi punktida namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan va qurilayotgan ko’rkam uy-joylarni ilgari tasavvurga sig’dirish qiyin edi. Bunday keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari mustaqillik sharofatidandir. – Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro shahrida bunyod etilgan “Ko’hna va boqiy Buxoro” yodgorlik majmuasida bo’ldik, – deydi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gavhar Zokirova. – Buxoro viloyati musiqali drama teatrining yangi binosini ko’rib, hayratga tushdik. Bu yerda hamkasblarimiz va tomoshabinlarga yaratilgan sharoit havas qilgulik. Davlatimiz rahbarining ma’naviyatga, madaniyat va san’atga e’tibori, g’amxo’rligi tufayli mana shunday ajoyib san’at koshonalari barpo etilmoqda. Kogon, Olot, Qorako’l, Jondor, Shofirkon, Peshku tumanlarida o’tgan ana shunday samimiy uchrashuvlar ham barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Muloqotlarda yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar zamirida oliy qadriyat – inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash maqsadi mujassamligi, bu muqaddas Vatanda inson aziz ekani alohida ta’kidlandi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |