![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Harbiy qismdagi uchrashuvO'zA, X.Salimov, 31.08.2010 11:34 Mamlakatimizda “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” ezgu g’oyasini o’zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlov hamda uchrashuvlar davom etmoqda. O’zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo’limi kengashi hamkorligida poytaxtimizda tashkil etilgan ana shunday tadbirda davlatimiz rahbari rahnamoligida istiqlol yillari yurtimizda barcha jabhalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar, xususan, harbiy sohani yanada takomillashtirish bo’yicha qilingan ishlar o’zining yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimiz mustaqilligining 19 yilligiga bag’ishlangan mazkur bayram tadbiri doirasida o’tkazilgan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” ko’rik-tanlovida ishtirok etgan askarlar qator shartlar bo’yicha o’z intellektual salohiyati, jismoniy tayyorgarligi, iste’dod hamda qobiliyatini sinovdan o’tkazdi. G’oliblarga tashkilotchilarning maxsus diplom va sovg’alari topshirildi. Tadbir ishtirokchilari harbiy qismda askarlar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdilar. San’atkorlar tomonidan istiqlolni, Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar yangradi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |