![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Uzunbuloqda yangi maktabO‘zA, T.Beknazarov, 30.07.2010 11:55 Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami tobora yaqinlashayotgan shu kunlarda Jizzax viloyati Baxmal tumani Uzunbuloq qishloq fuqarolar yig‘inidagi 54-maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Uzunbuloq, Yangiobod, Sho‘rbuloq qishloqlari o‘quvchi-yoshlari ta’lim oladigan ushbu 216 o‘rinli zamonaviy maktabda yorug‘, shinam sinf xonalari, fan kabinetlari bilan birga kompyuter xonasi, fizika, kimyo laboratoriyalari, axborot-resurs markazi va sport zali ham barpo etildi. – Davlatimiz rahbarining ta’lim sohasiga qaratayotgan ulkan e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli farzandlarimiz yangi o‘quv yilini havas qilsa arzigulik yangi maktabda boshlaydigan bo‘ldilar, – deydi uzunbuloqlik mehnat faxriysi Ro‘ziboy Gulmurodov. – Qishlog‘imiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan maktabda yaratilgan qulayliklarni ko‘rib ko‘z quvonadi, dil yayraydi. Yangi o‘quv yili arafasida tumandagi Gulbuloq qishlog‘ida ham 315 o‘rinli yangi maktab qad rostladi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |