![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Akademiya bitiruvchilari xizmatga yo‘l oldiO‘zA, Bayram Aytmurodov, 28.06.2010 12:56 Poytaxtimizdagi markaziy ofitserlar saroyida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining navbatdagi bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishonlari topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimda akademiya o‘qituvchilari, harbiylar, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Q.Berdiyev Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida milliy armiyamiz yil sayin takomillashib borayotganini alohida ta’kidladi. Bugungi kunda oliy harbiy bilim yurtlarida o‘qitish eng zamonaviy shakl va uslublar, axborot-kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. Ularda barcha bo‘g‘indagi komandirlarning professional malakasi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan, tashkilotchilik ko‘nikmalariga ega, chuqur bilimli, har qanday vaziyatda mustaqil va to‘g‘ri qaror qabul qilishga qodir malakali ofitserlar tayyorlashning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Qurolli Kuchlar akademiyasida oliy toifali, qo‘shinlar boshqaruviga qodir ofitserlar tayyorlash uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Akademiyadagi ikki yil o‘quv davomida harbiy xizmat paytida egallagan bilim va tajribam yanada boyidi, – deydi bitiruvchi, mayor Latif Sharipov. – Xizmatni davom ettirishga kirishar ekanman, bor kuch-g‘ayratim, olgan bilimimni Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish, harbiy qudratini yanada mustahkamlash hamda yurtimiz tinchligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga safarbar etaman. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |