O‘zA O`zbek

05.07.2018 12:42 Chop etish versiyasi

130 ga yaqin fuqaromiz xorijda...

№ 17  .Ислом ота.jpg

Shavkatbek HAMIDOV,

“Islom ota“ MFY raisi:

– Mahallamizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, hududni obodonlashtirish masalalari doimiy e’tiborda.

Bu borada muntazam o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi va odam savdosiga qarshi kurashish, xorijga ishlagani ketadigan fuqarolarni nazoratga olish borasida tarbiyaviy tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, oila institutini mustahkamlash, nikoh munosabatlari madaniyatini yuksaltirish, erta nikohning oldini olishga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Mahallada tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan ko‘plab ishbilarmonlar istiqomat qiladi. Ularning sa’y- harakati bilan ishsiz yoshlarimiz ish bilan ta’minlandi. Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish obyektlari, novvoyxona va boshqa infratuzilma inshootlari mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishning yaqqol namunasidir. Qandolat mahsulotlari va boshqa turli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sexlarda mahallamizda yashaydigan ishga muhtoj oilalar bandligi ta’minlanmoqda.

Biroq shunday bo‘lsa-da, hozir 126 nafar mahallamiz fuqarosi xorijga ishga ketgan. Ularning oilasi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkaziladi. Vaqti vaqti bilan xorijdagi mahalladoshimiz bilan telefon orqali gaplashib, yashash va ishlash sharoitini o‘rganib turamiz.

O'zA
3 534