Jamiyat

Ta'lim va o'quv adabiyotlari

O'zA, E.Yodgorov, 23.06.2010 17:50

Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim mazmunini takomillashtirishda, chuqur bilimli, ma’naviyati yuksak mutaxassislar safini kengaytirishda muhim omil bo’lmoqda.

Mazkur dastur ijrosi doirasida o’qitishning sifat va samaradorligini oshirish ishlari izchil davom ettirilyapti. Bunda ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan zamonaviy darslik hamda o’quv qo’llanmalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir.

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida oliy va kasb-hunar ta’limi tizimi uchun zamonaviy o’quv adabiyotlarini yaratish hamda sifatini baholashga bag’ishlab o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumanida shular xususida so’z yuritildi. Unda Buxoro davlat universiteti, Buxoro tibbiyot instituti, Toshkent davlat agrar, pedagogika hamda axborot texnologiyalari universitetlari, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax pedagogika instituti o’qituvchi-professorlari, aspirant va magistrantlari ishtirok etdi.

– Yoshlarda mustaqil o’qish ko’nikmasini shakllantirish, ijodiy tafakkur va qobiliyatini rivojlantirish biz, olimlarga katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti prorektori Qahramon Olimov. – Ayni maqsadda modulli va kompyuter texnologiyalari asosida mustaqil ta’lim olish imkonini beradigan adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo’yicha mamlakatimiz olimlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari xorijda ham katta qiziqish uyg’otmoqda.

Anjumanda oliy ta’lim tizimi va kasb-hunar kollejlari uchun yaratilayotgan darsliklarning o’ziga xos jihatlari, elektron ta’lim resurslari bilan bog’liq texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish masalalariga bag’ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama