Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 19:00 Chop etish versiyasi

12 nafar qo‘shrabotlik bitiruvchi tumandagi tibbiyot muassasalarida ish boshladi

12 nafar qo‘shrabotlik bitiruvchi tumandagi tibbiyot muassasalarida ish boshladi Joriy yil boshida yurtimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarini bitirgan yosh mutaxassislar “Shifokorlik qasamyodi”ni qabul qilib, o‘zlari tug‘ilib o‘sgan joydagi sog‘liqni saqlash muassasalariga ishga yuborilgan edi.

Nizomiddin Eshmurodov ana shunday yosh mutaxassislardan biri. U Qo‘shrabot tumani markazidan 65 kilometr uzoqlikdagi tog‘li Toz qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan. Yaqinda Samarqand davlat tibbiyot institutini bitirib, yo‘llanma asosida o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahalladagi Toz qishloq vrachlik punktiga ishga keldi.

6 (1).JPG

– Muassasamiz hududdagi to‘rt mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, – deydi N.Eshmurodov. – O‘n nafar patronaj hamshiramiz bor. Lekin shu paytgacha umumiy amaliyot shifokori bo‘lmagan. Menga ushbu vazifani hamda qishloq vrachlik punkti mudirligini topshirishdi. Bundan tashqari, yaqinda tuman tez tibbiy yordam bo‘limining shoxobchasi tashkil etilib, zarur shtat birliklari va bitta “Damas” avtomashinasi berildi. O‘z qishloqdoshlarimga yordamim tegayotganidan xursandman.

Qo‘shrabot tumani hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida muassasalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.

5.JPG

Shu maqsadda kuni kecha o‘tkazilgan tadbirda tumandagi qishloq oilaviy poklinika va vrachlik punktlarida ish boshlagan 12 nafar yosh mutaxassis – umumiy amaliyot shifokorlari hamda 170 dan ortiq patronaj hamshiraga zarur tibbiy vositalar jamlangan sumkalar topshirildi.

Darvoqe, yaqinda tuman tibbiyot birlashmasiga to‘rtta zamonaviy tez yordam mashinasi keltirilib, aholiga hizmat ko‘rsatmoqda.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
5 301