O‘zA O`zbek

12.05.2019 08:00 Chop etish versiyasi

12 may – Xalqaro hamshiralar kuni

12 may – Xalqaro hamshiralar kuni

1974 yilda Xalqaro hamshiralar kengashi tashabbusi bilan hamshira sohasi asoschilaridan biri Florens Naytingeyl tavallud kuni munosabati bilan 12 may sanasi “Xalqaro hamshiralar kuni” sifatida yil taqvimiga muhrlangan.

Ushbu tarixiy kun munosabati bilan har yili dunyoning koʻplab davlatlarida maʼlum mavzu asosida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu sana Serbiyada “Armiya kuni”, Lugansk Xalq Respublikasida “Mustaqillik kuni”, Rossiyada “Ekologiya taʼlimi kuni” sifatida yil taqvimiga qayd etilgan.

Har yil may oyining ikkinchi yakshanbasi, xususan, bu yilning 12 may sanasida Yevropa, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Xitoy kabi davlatlarda “Onalar kuni” keng nishonlanadi.

12 may sanasining tarixga muhrlangan muhim voqealari

photo_2019-05-11_18-44-35.jpg

1918 yil. Hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga asos solindi.

1926 yil. Polshada yuz bergan davlat toʻntaruvi natijasida Yuzef Pilsudskiy boshqaruvi hokimiyatni egalladi.

1992 yil. Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti tashkil etildi.

1993 yil. Estoniya Yevropa ittifoqi tarkibiga kiritildi.

2000 yil. Toshkentda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui ochildi.

2012 yil. “Oila davrasida” gazetasi chop etila boshladi.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
3 404