![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Askarning unutilmas kuniO‘zA, X.Salimov, 15.03.2010 17:13 Prezidentimiz Islom Karimov poytaxtimizda barpo etilgan “Vatanga qasamyod” haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ta’kidlaganidek, oriyatni, g‘urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan xalqimiz uchun harbiy qasamyod – bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli va sharafli burchni ado etishga bel bog‘lab, ahdu paymon qilish marosimidir. Ana shunday marosimlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘zining yuksak samaralarini berayotgani alohida ta’kidlandi. Bunda davlatimiz rahbarining 2008 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.- Yangi o‘quv-jangovar dasturi asosida boshlang‘ich harbiy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yosh askarlarimiz bugun ota-onasi, do‘stlari, komandir va boshliqlar oldida xalqimizga, Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildi, – deydi ofitser M.Abdullayev. – Harbiy qismlarimizda askarlarning sifatli va samarali xizmat qilishi, yashashi, bilim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Halol, jasur va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilgan yosh askarlar safida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidan xizmatga chaqirilgan Izzat Yo‘ldoshev ham bor. - Har bir inson hayotida quvonchli, unutilmas kunlar ko‘p bo‘ladi, – deydi Izzat. – Bugun men uchun ana shunday kun bo‘ldi. Negaki, bugundan e’tiboran Qurolli Kuchlarimiz harbiylari safiga qo‘shildim. Endi qasamyodimga sodiq holda bor kuch-g‘ayratim va bilimim bilan el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida astoydil xizmat qilaman. Marosimda yangragan kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulandi. Yosh askarlarning qasamyodiga bag‘ishlangan bunday tantanali marosimlar Qurolli Kuchlarimizning barcha harbiy qism va bo‘linmalarida davom etmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |