![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yosh avlod manfaatlari doimiy himoyadaO‘zA, N.Abduraimova, 13.03.2010 10:34 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvarda qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik kabi illatlar va boshqa tahdidlardan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi alohida qayd etilgan. Shu bilan birga, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Poytaxtimizdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi Madaniyat saroyida “Barkamol avlod – huquqiy yuksalish yo‘lida” mavzuida tashkil etilgan konferensiya mazkur vazifalarning ijrosiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot-ma’rifiy markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda olimlar, huquqshunoslar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi R.Choriyev, O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Q.Quronboyev, Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i I.Turg‘unov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani yurtimizda yosh avlod manfaati yo‘lidagi ko‘plab xayrli ishlarga yanada keng yo‘l ochganini alohida ta’kidladi. Yosh avlodning huquq va manfaatlari muhofaza qilinib, ularga ilm olish, sport bilan shug‘ullanish, iqtidor va imkoniyatlarini namoyon qilish uchun barcha zarur sharoit yaratilmoqda. Bolalar va yoshlarning huquqlariga oid umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar nafaqat milliy qonunchiligimizda, balki huquqni qo‘llash amaliyotida to‘la o‘z ifodasini topmoqda. Bu yo‘nalishdagi qonunchilik bazasi davr talabidan kelib chiqib, tobora takomillashtirilayotir. Anjumanda yosh avlod huquqi bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini kengroq inobatga olish, odil sudlovning ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimini takomillashtirish yuzasidan fikrlashildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |