![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Bahor yumushlari qizg‘inO‘zA, G‘.Hasanov, 12.03.2010 18:11 Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish instituti Samarqand filialida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish borasida o‘ziga xos maktab shakllangan. Bu yerda ilmiy xodimlar tok va mevali daraxtlarning yangi navlarini yaratish, ularni ko‘paytirish borasida izlanishlar olib bormoqda. Shu maqsadda qirq gektardan ziyod maydonda ko‘chat yetishtirilib, yurtimizning turli hududlaridagi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlarga yetkazib berilayotir. – Joriy mavsumda yuz mingdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, sakson ming tup tok ko‘chati sotildi, – deydi Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish instituti Samarqand filiali rahbari Jamshid Ahmadjonov. – Har bir daraxt yoki tok navi ilmiy xodimlarimiz tomonidan o‘rganilib, muayyan hududning tuproq va iqlim sharoitiga mosligi aniqlanganidan so‘ng ular ko‘p miqdorda yetishtirilmoqda. Misol uchun, olimlarimiz tomonidan yaratilgan “So‘g‘diyona” qora kishmishi, “Samarqand” oq-pushti kishmishi hosildorligi, donalarining kattaligi, tezpisharligi va mayizbopligi tufayli fermerlarga ma’qul keldi. Shu sababli Samarqand, Urgut tumanlarida bir necha gektar maydonga ushbu navli toklar ekilib, dastlabki hosil ham olindi. Bundan tashqari, olma, murut, shaftoli, o‘rik va boshqa mevalarning ham o‘nlab yangi navlari yaratilib, ularning ko‘chatlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ta’kidlash lozimki, filial xodimlari va bog‘bonlar fermerlarga yangi ko‘chatlarni o‘tqazish, ularni parvarishlashda ham yaqindan yordam bermoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |