Jamiyat

Sog‘liqni saqlash va qonunchilik

O‘zA, B.Xidirova, 12.03.2010 18:05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi”gi qonunning monitoringi natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori SH.Fayziyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Z.Botirova va boshqalar aholi salomatligini muhofazalash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishini tashkil etishini alohida ta’kidladi.

Bu borada qabul qilingan davlat dasturlarida belgilangan vazifalar izchil ijro etilishi natijasida sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, sohada davolashning ilg‘or usullaridan keng foydalanilmoqda. Xalqimizga birlamchi davolash-profilaktika xizmati ko‘rsatishning zamonaviy tizimi shakllandi. Joylarda faoliyat yuritayotgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Aholiga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi izchil rivojlanmoqda.

Tibbiyotning huquqiy bazasini mustahkamlash, aholining tibbiy xizmatdan foydalanishga oid huquq va manfaatlarini muhofazalash doimiy e’tiborda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning hayotimizdagi ijrosini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazdi.

Tadbirda mazkur monitoring natijalari muhokama qilinib, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos jihatlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiyotning davlat, xususiy va boshqa tizimlarining tutgan o‘rni, tibbiy xizmatning zamonaviy turlarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlashga oid huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotidagi yutuq va kamchiliklar, bu boradagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish xususida fikrlashildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama