O‘zA O`zbek

12.02.2019 Chop etish versiyasi

116,5 million soʻmlik texnik chigitni talon-toroj qilmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

116,5 million soʻmlik texnik chigitni talon-toroj qilmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Samarqand viloyatidagi paxta tozalash korxonalaridan birida texnik chigit tovarshunosi A.K. Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi M. ismli shaxs bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, 2018 yil hosilidan ishlab chiqarilgan ikkinchi nav birinchi sinfli jami 101,7 ming kilogramm, umumiy qiymati 116,5 million soʻmlik juda koʻp miqdordagi texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinaga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qoʻlga olingan.

Ushbu talon-torojlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

1 310
OʻzA