![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Bayram tadorigi qizg‘inO‘zA, L.Suvonov, 13.03.2010 10:21 Yurtimizning barcha joyida bo‘lgani kabi Toshkent viloyati ahli ham Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashga hozirlik ko‘rmoqda. Ayni paytda viloyatning shahar va tumanlarida bayram tadbirlari boshlandi. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi, shahar va tumanlar hokimliklari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan bu boradagi aniq vazifalar belgilanib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. – Joylarda Navro‘z ayyomi oldidan keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotir, – deydi «Mahalla» jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Rahmatulla Sheraliyev. – Bayram tadbirlarini tinch va osoyishta o‘tkazish, jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilayotir. Azaldan Navro‘z mehr-oqibat, xayr-saxovat, bag‘rikenglik ayyomi bo‘lib kelgan. Bayram kunlari viloyatdagi saxovat, mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarda bayram dasturxonlari yozilib, sovg‘a-salomlar tarqatiladi, qator idora, korxona va tashkilotlar, saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz qariya va nogironlarga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi. Viloyatda asosiy bayram tadbirlari Parkent tumanining so‘lim Zarkent qishlog‘i hududida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda tumanda ana shu qutlug‘ ayyomga tayyorgarlik ishlari qizg‘in bormoqda. Bayram kunlari bu yerda turli yo‘nalishlarda ko‘rgazmalar tashkil etilib, milliy hunarmandchilik namunalari, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa noz-ne’matlar namoyish qilinadi. Ko‘ngilochar o‘yinlar, sport musobaqalari, kurash bellashuvlari o‘tkaziladi. Viloyatning badiiy jamoalari, san’atkorlari ijrosida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, Vatan, Navro‘z va bahorni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangraydi. Talaba-yoshlar, sportchilar o‘z ko‘rgazmali dasturlarini namoyish etadi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |