Jamiyat

Yurtimizni obod etamiz

O‘zA, B.Xidirova, 12.03.2010 18:01

Ko‘klam kirishi bilan yurtimizda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, dehqonchilik ishlariga hozirlik qizg‘in tusga kirdi. Navro‘zi olamni munosib kutib olish taraddudi boshlandi.

Shahar va qishloqlarda hovli-joylarni, xiyobonlarni tartibga keltirish, yangi bog‘lar barpo etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 4 martda qabul qilingan farmoyishi bu boradagi tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. Unga muvofiq, mart-aprel oylari qishloq va shaharlarimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oylari deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bu jarayonda yoshlarning faolligini oshirish maqsadida “Yurtimizni obod etamiz” tadbirini amalga oshirmoqda.

Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga ehtirom ruhida tarbiyalash, yigit-qizlarni vatanparvarlikka, mehnatsevarlikka, tabiatni e’zozlashga o‘rgatish, ularning qalbida mehr-oqibat, xayr-saxovat, kattalarga ehtirom, yoshlarga izzat tuyg‘ularini qaror toptirish ushbu tadbirning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashidan ma’lum qilishlaricha, tadbir doirasida ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi. “Hashar – yoshlarga yarashar”, “Har bir yoshga – bir nihol” loyihalarida yoshlarimiz faol ishtirok etmoqda. Samarqand davlat universitetining xiyobonida, Bulung‘ur tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida, Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi markaziy xiyobonda, Namangan viloyatining shahar va qishloqlarida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlar bunga misoldir.

Ularga o‘quvchi-yoshlarni keng jalb etish maqsadida ta’lim muassasalarida, mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. “Eng ozoda ko‘cha”, “Eng faol ekolog” singari tanlovlar tashkil etildi.

Yoshlarimiz o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar xonadoniga, kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurib, ularga yashash joylarini tartibga keltirishda va uy-ro‘zg‘or ishlarida ko‘maklashmoqdalar. Qishloq yoshlari fermer yoshlar bog‘ini, korxona va tashkilotlar xodimlari o‘z hududlarida “Kamolot” yoshlar bog‘larini yaratishga kirishdilar.

– “Yurtimizni obod etamiz” tadbirlarida tumanimiz yigit-qizlari ham faol ishtirok etmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani bo‘limi raisi o‘rinbosari Husan Isametov. – Korxona va tashkilotlarda, ta’lim maskanlarida yoshlar hasharlari uyushqoqlik bilan o‘tayotir. Ko‘pgina korxonalarning yosh mutaxassislari, jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” korxonasi yoshlari alohida maydonlarda “Kamolot” yoshlar bog‘ini barpo etish loyihasi bo‘yicha ish olib bormoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama