Jamiyat

Ogohlik va hushyorlik zarur

O‘zA, SH.Xudoyberganov, 12.03.2010 15:21

Xorazm viloyati oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida “Yoshlar ogohlik sari” shiori ostida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi kengashi hamda viloyat huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi kabi global muammolar, ularning ayanchli oqibatlari, bunday tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida yoshlarga atroflicha tushuncha berilmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda ichki ishlar xodimlari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali tizim yaratilgan. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda shular xususida so‘z yuritilib, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yigit-qizlarning g‘arazli g‘oyalar va oqimlar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ta’lim muassasalari, fuqarolar yig‘inlari hamda huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama