Jamiyat

Mahallada bayram shukuhi

O‘zA, Go‘zal Sattorova, 13.03.2010 10:09

Shu kunlarda qadimiy bayramimiz Navro‘zni munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 4 martda qabul qilingan farmoyishiga muvofiq, mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyliklari deb e’lon qilingani bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

– Navro‘z ayyomi arafasida mahallamizni yanada ko‘rkam va obod qilishga astoydil harakat qilyapmiz, – deydi poytaxtimizdagi “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xursanoy Ro‘zinazarova. – O‘n mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan mahallamiz fuqarolari, ayniqsa yoshlar obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Hozirgacha ikki yuz tupga yaqin archa ko‘chati o‘tqazildi. 13-14 mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharida esa yana besh yuz tup archa ko‘chati o‘tqazishni rejalashtirganmiz.

Ayni paytda mahalla hududidagi ariqlar, oqava suv tizimlari, ko‘chalar tozalanmoqda, daraxtlarga shakl berilib, gullar ekilayotir.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama