![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Huquq mavzuiga bag’ishlandiO'zA, L.Suvonov, 12.03.2010 12:47 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqiy targ’ibotni kuchaytirish va ularning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan targ’ibot guruhi joylarda yoshlar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va suhbatlar o’tkazmoqda. Chirchiq shahrida “Huquqiy yetuklik barkamollikka eltadi” mavzuida ana shunday tadbir bo’lib o’tdi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlari, soha mutaxassislari, shahardagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi. Asosiy qonunimizda fuqarolarning erkinliklari, shaxsiy, ijtimoiy, siyosiy huquqlari davlat himoyasida ekanligi qat’iy belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, har bir shaxsning o’z huquq va erkinliklaridan foydalana olishi ko’p jihatdan uning huquqiy bilimi va madaniyatiga ham bog’liq. Muloqot chog’ida Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 17 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali yig’ilishdagi ma’ruzasida yosh avlodning har tomonlama yetuk insonlar etib voyaga yetkazish borasida belgilangan vazifalar, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish kabi dolzarb masalalar xususida so’z yuritildi. Shu bilan birga, bola huquqlari kafolatlariga oid qonunchilik, voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalari va soliq madaniyatini shakllantirish, oila mustahkamligini ta’minlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda notarial idoralar, FHDYo bo’limlari oldida turgan vazifalar, odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar va ularning oqibatlari to’g’risida ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida maktab, kasb-hunar kollejlarida huquq yo’nalishidagi darslarni yanada takomillashtirish, shu yo’nalishda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning malakasini oshirish, o’quv muassasalarida “Adliya soatlarini” tashkil etish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |