![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Ta’lim sohasidagi hamkorlik samarasiO‘zA, Madina Umarova, 11.03.2010 17:54 Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 11 mart kuni Yaponiyaning Nagoya universiteti vakolatxonasi ochildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik barcha jabhalarda, jumladan, ta’lim sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Yaponiya O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotir. Mazkur mamlakat 1993 yildan buyon mamlakatimiz bilan kadrlar tayyorlash borasida yaqindan hamkorlik qilib keladi. Toshkentdagi Nagoya universiteti vakolatxonasi Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, unda nafaqat o‘zbekistonlik, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlari talabalikka tanlab olinadi. - Yaponiya O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni yuksak qadrlaydi, – dedi Nagoya universiteti prezidenti Xamaguchi Michinari. – O‘zbekiston – yuksak intellektual salohiyatga ega mamlakat. Shu bois biz universitetimizning vakolatxonasini ochish uchun aynan O‘zbekistonni tanladik. Ayni vaqtda o‘zbekistonlik o‘nlab talabalar bu universitetda tahsil oladi. Ularning sonini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur vakolatxona mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Universitetimiz bitiruvchilari kelgusida O‘zbekiston taraqqiyotiga va o‘zaro munosabatlarimiz rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonamiz. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |