![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Hashar – ezgu qadriyatO‘zA, A.Ortiqboyev, 11.03.2010 10:01 Orolbo‘yida Navro‘z bayramiga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda. Bahorning mayin shabadasi, oppoq gulga o‘ralgan daraxtlar, yam-yashil maysalar – hamma-hammasi ko‘klam tarovatidan darak bermoqda. Borliq uyg‘onib, Navro‘zga peshvoz chiqayotir. Har go‘shada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yumushlari boshlangan. Qaysi ovul yo qishloqda bo‘lmang, ko‘cha va xiyobonlarda, hovli-joylarda, bog‘-rog‘lar-u, dala-dashtlarda hamjihatlikda ishlayotgan odamlarni ko‘rasiz. Bugun Orolbo‘yidagi har bir shahar va tumanda, olis va yaqin ovullarda Navro‘z kayfiyati hukm surmoqda. – Bayram arafasida o‘tkaziladigan umumxalq hasharida 700 mingdan ziyod kishi ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda, – deydi “Mahalla” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari Aruxan Kelimbetova. – Hashar kunlari xiyobon va maydonlarni tozalash, ko‘cha va hovlilarni sarishta qilish, qabristonlarni obodonlashtirish, yuz ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan. Milliy qadriyatlarimizdan sanalmish hasharda odamlarning hamjihatligi, mehr-oqibati, muruvvat va saxovat fazilatlari ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Hashardan tushgan mablag‘ hisobidan kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga yordam ko‘rsatiladi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan urush va mehnat faxriylari yashayotgan hovlilarning atrofi obodonlashtirilib, tomorqalariga ko‘chatlar o‘tqazish boshlab yuborildi. – Navro‘z umumxalq bayrami arafasida o‘tkaziladigan hashar ishtirokchilarining 400 mingdan ziyodini yoshlar tashkil etadi, – deydi “Kamolot” YOIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Zafar Xonniyozov. – Ayni kunlarda “Yurtimni obod etaman” loyihasiga ko‘ra obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ikki oyligi davom etmoqda. “Har bir yoshga – bir nihol” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu tadbirda oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarining talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda. Hashar kunlari besh ming mevali, yetti ming manzarali daraxt, to‘rt mingga yaqin gul ko‘chatlarini o‘tqazib, yil davomida ularni parvarishlashni zimmamizga oldik. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |