![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yoshlar bandligi oshmoqdaO‘zA, Yorqul Umar, 10.03.2010 14:07 Aholining bandlik darajasi va turmush farovonligini oshirish, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga o‘z salohiyati va imkoniyatlarini namoyon etishida ko‘maklashish borasida Navoiy viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat markazida o‘tgan yili korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, korxona va mikrofirmalarni tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hisobidan 6 mingdan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda qariyb mingga yaqin kasanachilik ish o‘rni yaratildi. Kasanachilar asosan Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiydonmahsulotlari”, “Navoiy elektrokimyozavodi” kabi yirik ishlab chiqarish subyektlarida mehnat qilmoqda. – Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida fuqarolarning bandligini ta’minlashda mehnat yarmarkalarining ahamiyati katta bo‘lmoqda, – deydi Navoiy shahri bandlikka ko‘maklashish markazi direktori o‘rinbosari Rahim Elmurodov. – Kuni kecha Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi 2-akademik litseyda shahar hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazgan yarmarkamizda 76 korxona va tashkilot 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rnini taklif etdi. Yarmarkada ishtirok etgan talabgorlarga ushbu korxona va tashkilotlardagi mehnat va dam olish sharoitlari, ish haqi, qo‘shimcha imtiyozlar xususida to‘liq ma’lumot berildi. Natijada 126 talabgor ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. Ularning salmoqli qismini yoshlar tashkil etadi. Ayni vaqtda Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Yoshlar ijtimoiy xizmatlar markazida yigit-qizlar kompyuter savodxonligi, bichish-tikish, milliy raqs, zargarlik, zardo‘zlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahoratini oshirish imkoniga ega. Bu markazga jalb qilingan yigit-qizlarni ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |