Jamiyat

Yosh avlod huquqi va xorij tajribasi

O‘zA, N.Abduraimova, 25.02.2010 17:14

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 27 yanvarda qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zero, qonunlarning yanada pishiq va puxtaligi, hayotiyligini ta’minlashda tahlil va tajribani uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan “Barkamol avlod va xorijdagi konstitutsiyaviy huquqiy tajriba” mavzuidagi davra suhbati ayni shu maqsadga qaratildi. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tadbir Germaniya texnik hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Gyote institutining Toshkentdagi idorasi hamkorligida uyushtirildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov yurtimizda yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlatimizning doimiy e’tiborida ekanini alohida ta’kidladi. Bu borada milliy qonunchilik asoslari yaratilgan va u xalqaro huquq normalariga to‘la mos keladi.

Barkamol avlod yilida yoshlar, shu jumladan, bolalarning huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlashga qaratilgan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan me’yoriy-huquqiy normalarni takomillashtirish ishlari ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari konvensiyasiga qo‘shilgan, mamlakatimizda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Mustaqillik yillarida yurtimiz ta’lim tizimi tubdan isloh etildi. Yosh avlodning jismonan kamol topishini ta’minlash maqsadida uch bosqichli sport o‘yinlari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Joylarda zamon talablariga mos yuzlab zamonaviy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bunyod etildi.

Davra suhbatida Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Volfgang Noyen O‘zbekistonda yosh avlod kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, 2010 yilning Prezident Islom Karimov tomonidan Barkamol avlod yili deb e’lon qilinishi yuksak samaralar berishini alohida ta’kidladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, turli vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, ta’lim muassasalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Germaniyaning konstitutsiyaviy-huquqiy tajribasini o‘rganish, O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining bugungi holati bilan bog‘liq mavzularda fikr almashildi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama